Google'dan to'g'ri qidirish bo'yicha qo'llanma(cha).
Muhim 3 qadam:
Googledan qidirishda iloji bolsa savolingizni javob sifatida yozib qidiring (qanday, nima kabi so'roq so'zlarni olib tashlang).
Kelishiklarni va olmoshlarni olib tashlang.
Ingliz tiliga o'giramiz. (google translate dan foydalansangiz ham bo'ladi)
Masalan, windows kompyuterimizga php'ni o'rnatmoqchimiz. Savol quyidagicha paydo bo'ladi
Qanday qilib phpni windowsga o'rnatish mumkin?
Endi google'da qidirish yuqoridagi 3 muhim qadamdan foydalanib kalit so'zlarni yasaymiz.
1-qadamda
phpni windowsga o'rnatish
2-qadamda
php windows o'rnatish
3-qadamda
php windows install
Natija:
O'zbek tilida qidirganimizda:
Paydo bo'lgan savolni o'zini qidirganimizda 36 ta natija va unda asosiy chet el bloglari chiqyapti.Natijaviy qidiruv so'zlarimizda esa 64800 ta natija bularda o'zbek tilida yozilan bloglar video qo'llanmalar chiqyapti. Bu ancha yaxshi natija
Agar ingliz tiliga tarjima qilib qidirsangiz tahminan quyidagicha natija chiqadi About 392,000,000 results